Bolalarda eshitish buzilishining belgilari
Bola eshitishi pasayganini erta aniqlash juda muhim. Ko‘pincha ota-onalar bolaning eshitmasligini kech sezib qolishadi, chunki bola muammoni tushuntirib bera olmaydi. Eshitish pasayishining belgilarini bilish — ota-ona uchun katta yordam.
0–6 oylik bolalarda belgilari
baland tovushdan cho‘chimaydi,
ona ovoziga reaksiyasi sust,
jilmayish yoki ovoz orqali muloqot kam,
ovoz manbasini izlamaydi.
6–12 oylikda
oddiy buyruqlarni tushunmaydi,
tovushli o‘yinchoqlarga e’tibor bermaydi,
tovushlarni takrorlamaydi,
o‘tirgan joyidan ovoz yo‘nalishini aniqlay olmaydi.
1 yoshdan keyin
so‘zlar kam,
nutq juda sekin rivojlanadi,
televizorni baland qo‘yib eshitadi,
chaqirsa javob bermaydi,
reaksiya ko‘pincha ko‘rish orqali bo‘ladi, eshitish bilan emas.
Katta yoshli bolalarda belgilari
maktabda diqqat sust,
gapni qayta so‘rayveradi,
shovqinli joylarda nutqni tushunmaydi,
ortga tortilgan, kamgap bo‘lib qoladi.
Maslahat uchun yozilish
Bizning mutaxassislarimiz barcha savollaringizga javob berishga va eshitishingiz uchun eng yaxshi yechimni topishga tayyor.